Ayyubxon Fayozov U-23 Osiyo Chempionatining kumush medali sohibi
« НазадXitoyning Ordos shahrida yengil atletika bo‘yicha U-23 Osiyo chempionati davom etmoqda. Musobaqaning ilk kunidayoq O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki medal yozildi.
Erkaklar o‘rtasidagi bosqon uloqtirish bahslarida Ayyubxon Fayozov muvaffaqiyatli qatnashdi. Vakilimiz bosqonni 71 metr 16 santimetr masofaga uloqtirdi. Ushbu natija unga qit’a birinchiligining kumush medalini taqdim etdi.
Shu tariqa, Ayyubxon Fayozov Osiyoning eng kuchli yosh bosqon uloqtiruvchilari qatoridan joy oldi.





