YANGILIKLAR
Xalqaro yangiliklar
Stadiondan tashqaridagi turlar bo‘yicha "Yilning eng yaxshi atleti-2025" nominatsiyasi uchun nomzodlar e'lon qilindiYugurish turlari bo‘yicha "Yilning eng yaxshi atleti-2025" nominatsiyasi uchun nomzodlar e'lon qilindi
Jahon yengil atletika tashkiloti (World Athletics) yengil atletika yo‘nalishlari bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida yilning eng yaxshi atletlarini aniqlash uchun ovoz berish jarayoniga start berdi. Oldindan belgilangan reja asosida dastlab yugurish turlari bo‘yicha (track) va texnik turlar (field) yilning eng tezkor atletini aniqlash uchun ovoz berish imkoniyati yaratildi. Ayni damda stadiondan tashqari turlar bo‘yicha ovoz berish jarayoni davom etmoqda.
Tashkilot tomonidan yugurish turlari bo‘yicha ayol atletlar orasida "Yilning eng yaxshi atleti" va erkak atletlar orasida "Yilning eng yaxshi atleti"ni aniqlab olish uchun 5 tadan nomzod taqdim etildi va ushbu atletlardan ikkitadan atlet final bosqichiga saralab olinadi. Ovoz berish jarayonining bir qismi (umumiy ovozlarning 25%i ulushi bilan) tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida "like"("yoqdi") bosish va "repost"("qayta e'lon qilish") qilish ko‘rinishida olib boriladi.
Nomzodlar yengil atletikadagi ortda qolib borayotgan yana bir esda qolarli yil davomida erishilgan eng yorqin natijalarni qo‘lga kiritgan atletlar orasidan tanlab olindi. Bu yilgi natijalarning eng cho‘qqisi yengil atletika turlari bo‘yicha Jahon Chempionati Tokio—2025'da qayd etildi.
Stadiondan tashqaridagi turlar bo‘yicha ayollar orasida "Yilning eng yaxshi atleti" sovrinini qo‘lga kiritish uchun nomzodlar (alifbo tartibida):

Tigist Assefa — Efiopiya
- Jahon Chempionati marafon musobaqasi kumush medali sohibasi va London marafoni g‘olibi
- Faqat ayollar o‘rtasida o‘rnatilgan jahon rekordi bilan jahon reytingida yetakchi
Sifan Hassan — Nederlandiya
- Sidney Marafoni g‘olibi
- London Marafonida uchinchi o‘rin sohibasi
Peres Jepchirchir — Keniya
- Jahon Chempionatida marafon musobaqasi chempioni
- Beshinchi global titulini qo‘lga kiritdi
Agnes Ngetich — Keniya
- 10km yugurishda faqat ayollar o‘rtasida rekordchi
- Barcha davrlarning uchinchi natijasini qayd etgan holda jahon reytinggida yetakchi
Mariya Peres — Ispaniya
- ikki karra jahon chempioni: 20km va 35km sportcha yurish bo‘yicha
- 2025-yilning o‘z turidagi yengilmas atleti
Stadiondan tashqaridagi turlar bo‘yicha erkaklar orasida "Yilning eng yaxshi atleti" sovrinini qo‘lga kiritish uchun nomzodlar (alifbo tartibida):

Kaio Bonfim — Braziliya
- Jahon Chempionati 20km sportcha yurish musobaqasi chempioni
- Jahon Chempionati 35km sportcha yurish musobaqasi kumush medal sohibi
Evan Danfi — Kanada
- Jahon Chempionati 35km sportcha yurish musobaqasi chempioni
- 35km sportcha yurish bo‘yicha Jahon Rekordi sohibi va 20km sportcha yurish bo‘yicha hududiy rekordchi
Yomif Kejelcha — Efiopiya
- 5km yugurish bo‘yicha jahonda yetakchi va oltinchi eng yaxshi ko‘rsatkich sohibi
- 10km yugurish bo‘yicha jahonda yetakchi va ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkich sohibi
Sebastyan Save — Keniya
- London Marafoni va Berlin Marafoni g‘olibi
- 2025-yilgi marafonlarda ikkita yuqori natija ko‘rsatdi
Alfons Simbu — Tanzaniya
- Jahon Chempionatida marafon musobaqasi chempioni
- Boston Marafoni ikkinchi o‘rin egasi
Stadiondan tashqaridagi turlar bo‘yicha (out-of-stadium) "Yilning eng yaxshi atleti"ni aniqlashda Jahon yengil atletika tashkilotining Facebook, Instagram va X'dagi sahifalarida ovoz berish imkoniyati mavjud. Tarmoqlardagi ovoz berish jarayoni 2-noyabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi. Sovrindorlar nomlari 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Jahon yengil atletika tashkiloti taqdirlash ma'rosimi"da e'lon qilinadi.





