YANGILIKLAR
Xalqaro yangiliklar
"World Athletics Awards 2025" taqdirlash marosimi uchun 12 nafar finalchilar nomi e'lon qilindi"World Athletics Awards 2025" taqdirlash marosimi uchun 12 nafar finalchilar nomi e'lon qilindi
Jahon yengil atletika tashkilotining yilning eng yaxshi erkak va ayol atletlarini aniqlash uchun o‘tkaziladigan 2025-yilgi taqdirlash marosimiga ham oz vaqt qoldi. Ovoz berish jarayonlari yakuniga yetkazilgach har bir nominatsiya bo‘yicha finalchilar nomi ommaga ma'lum qilindi.

Har bir toifa bo‘yicha: yugurish, texnik va stadiondan tashqaridagi turlar bo‘yicha ikkitadan atlet besh nafar nomzodlar orasidan Jahon yengil atletika tashkiloti Kengashi, tashkilot Oilasi va ijtimoiy tarmoqlardagi ovozlarning jamlanmasi natijalariga ko‘ra tanlab olindi. Har bir kategoriya bo‘yicha bittadan erkak va ayol yakunda o‘z yo‘nalishi "tojini kiyadi".
Yakuniy g‘olibni aniqlashda muxlislarning ovozi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Yengil atletika bosh tashkilotining rasmiy saytida faqat worldathletics+ xizmatiga ulangan muxlislar 4—9-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida eng munosib, deb bilgan nomzodlariga ovoz berishlari mumkin.
Ma'lumot o‘rnida "World Athletics Awards 2025" tadbiri 30-noyabr yakshanba kuni Monakoda bo‘lib o‘tib, ayollar va erkaklar orasida har bir alohida kategoriya bo‘yicha g‘oliblar va umumiy g‘oliblar nomi tantanali e'lon qilinadi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra finalchilar ro‘yxati quyidagi ko‘rinishga keldi:
Ayollar yugurish turlari bo‘yicha yil atleti:
- Femke Bol — Niderlandiya (400m g‘ovlar osha yugurish bo‘yicha Jahon va Brilliant Liga chempioni; Yil davomida 400m g‘ovlar osha yugurishda yengilmas atlet, yilning eng yuqori 3 ta natijasi sohibasi),
- Sidni Maklaflin-Levron — AQSh (400m yugurish va 4x400m estafeta bo‘yicha jahon chempioni; 400m yugurish va 400m g‘ovlar osha yugurishda yengilmas atlet, 400m yugurish bo‘yicha davrlarning ikkinchi raqamli eng tezkor atleti).
Erkaklar yugurish turlari bo‘yicha yil atleti:
- Noa Layls — AQSh (200m yugurish va 4x100m estafeta bo‘yicha jahon chempioni va 100m yugurish bo‘yicha Jahon Chempionati bronza medali egasi; 200m yugurish bo‘yicha yengilmas, Brilliant Liga sovrini ham shular jumlasidan),
- Emmanuel Vanyoni — Keniya (800m yugurish bo‘yicha jahon chempioni va Brilliant Liga g‘olibi; yilning eng yaxshi oltita natijasidan to‘rttasini qayd etgan).
Ayollar texnik turlar bo‘yicha yil atleti:
- Tara Devis-Vudholl — AQSh (200m yugurish bo‘yicha jahon chempioni),
- Nikola Olislagers — Avstraliya (800m yugurish bo‘yicha jahon chempioni).
Erkaklar texnik turlar bo‘yicha yil atleti:
- Mondo Dyuplantis — Shvetsiya (langarcho‘p bilan sakrash bo‘yicha jahon chempioni),
- Mattia Furlani — Italiya (uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon chempioni).
Ayollar stadiondan tashqaridagi turlar bo‘yicha yil atleti:
- Peres Jepchirchir — Keniya (Jahon Chempionatida marafon musobaqasi chempioni; Beshinchi global titulini qo‘lga kiritdi),
- Mariya Peres — Ispaniya (ikki karra jahon chempioni: 20km va 35km sportcha yurish bo‘yicha; 2025-yilning o‘z turidagi yengilmas atleti).
Erkaklar stadiondan tashqaridagi turlar bo‘yicha yil atleti:
- Sebastyan Save — Keniya (London Marafoni va Berlin Marafoni g‘olibi; 2025-yilgi marafonlarda ikkita yuqori natija ko‘rsatdi),
- Alfons Simbu — Tanzaniya (Jahon Chempionatida marafon musobaqasi chempioni; Boston Marafoni ikkinchi o‘rin egasi).





