YANGILIKLAR
Xalqaro yangiliklar
Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) va Bahrayn Olimpiya Qo‘mitasi 2025-yilda o‘tkaziladigan III Osiyo yoshlar o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuv memorandumini imzoladiOsiyo Olimpiya Kengashi (OCA) va Bahrayn Olimpiya Qo‘mitasi 2025-yilda o‘tkaziladigan III Osiyo yoshlar o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuv memorandumini imzoladi
Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) va Bahrayn Olimpiya Qo‘mitasi 2025-yilda o‘tkaziladigan III Osiyo yoshlar o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuv memorandumini imzoladi.
Imzolash marosimida OCA nomidan G‘arbiy Osiyo bo‘yicha vitse-prezident, qatarlik doktor Tani al-Kuvari, BOC (Bahrayn Olimpiya Qo‘mitasi) nomidan esa bosh kotib Faris al-Kuhajji ishtirok etdi.
III Osiyo yoshlar o‘yinlari 2025-yil oktabr–noyabr oylarida Bahraynda bo‘lib o‘tadi.
OCA va Bahrayn Olimpiya Qo‘mitasi o‘rtasidagi ushbu kelishuv Oliy yoshlar va sport kengashi (SCYS) raisining birinchi o‘rinbosari, Sport bosh boshqarmasi (GSA) hamda Bahrayn Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti, hazratlari shayx Xolid bin Hamad Al Xalifa huzurlarida imzolandi.
Marosimda, shuningdek, shayx Iso bin Ali Al Xalifa (BOC vitse-prezidenti) hamda doktor Husayn al-Musallam (OCA bosh direktori) ham ishtirok etdilar.
![]()





