YANGILIKLAR
Xalqaro yangiliklar
Kross bo‘yicha Tallahassi—2026 musobaqasi medallar ko‘rinishi namoyish qilindiKross bo‘yicha Tallahassi—2026 musobaqasi medallar ko‘rinishi namoyish qilindi
Kelasi yili AQShning Tallahassi shahrida Jahon yengil atletika tashkiloti musobaqalari sirasiga kiruvchi kross bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tadi. Dunyoning yengil atletika bo‘yicha bosh tashkiloti tomonidan musobaqaning medallari taqdim etildi.
Kross bo‘yicha World Athletics musobaqalari doirasiga kiruvchi chempionatning bu yilgi talqini AQShning Florida shtatining asosiy shaharlaridan biri bo‘lgan Tallahassi shahrida bo‘lib o‘tadi, musobaqa startiga atigi ikki oy vaqt qoldi — 2026-yil 10-yanvar.
Musobaqa medallari uchun taqdim etilgan ko‘rinish 2008-yilgi Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi Rafik Karri tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘zida mahalliy madaniyat, tabiatning tabiiy go‘zalligi va sportcha chidamlilik ruhini aks ettiradi.






