Kross 2030-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlaridan joy olishi mumkin
0
70
Yengil atletika bo‘yicha bosh tashkilot rahbarining so'zlariga ko'ra, Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi (XOQ) ga yaqinda prezident etib tayinlangan Kirsti Koventri bu masalani ko'rib chiqish uchun allaqachon maxsus komissiya tuzgan. Yangi rahbar musobaqaning geografiyasini kengaytirish niyatida bo'lib, ayniqsa, Afrika qit'asi vakillariga qishki o'yinlarda g'alaba qozonish uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratmoqchi.
Ma'lumot o'rnida 2030-yilgi Qishki Olimpiadani 2030-yilning 1-17-fevral kunlari Fransiya hududidagi Alp tog'larida o'tkazish tavsiya etilmoqda.





