Главная
YANGILIKLAR
Xabarlar
Yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi yengil atletikachilarimiz Bahraynga joʻnab ketishdi
YANGILIKLAR
Xabarlar
Yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi yengil atletikachilarimiz Bahraynga joʻnab ketishdiYoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi yengil atletikachilarimiz Bahraynga joʻnab ketishdi
Дата публикации: 20.10.2025
Terma jamoamiz vakillari yengil atletikaning 12 turida imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishadi.
Atletlarimizning musobaqadagi dastlabki ishtiroki 23-oktabrga belgilangan.
Shu kuni o‘smir qizlar o‘rtasida yadro itqitish, uzunlikka sakrash, 1500 metrga yugurish yo‘nalishlarida final bahslari o‘tkaziladi.
Unda o‘zbekistonlik atlet qizlar ham ishtirok etadi. Shuningdek, o‘smirlar o‘rtasida uch xatlab sakrash va bosqon uloqtirish turlarida final bosqichi bo‘lib o‘tib, sportchilarimiz medallar uchun kurashadi.
Maʼlumot o‘rnida Bahrayndagi Yoshlar Osiyo o‘yinlarida yengil atletika musobaqalari 26-oktabrga qadar 4 kun davomida o‘tkaziladi.
Musobaqalarda sportchilarimizga muvaffaqiyat tilaymiz.





