YANGILIKLAR
Xabarlar
O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining yangi logotipi uchun tanlov e'lon qilinadiO‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining yangi logotipi uchun tanlov e'lon qilinadi
«Bitta belgi — tarixiy timsol»
Hurmatli dizaynerlar, sport muxlislari va ijodkor vatandoshlar!
Federatsiyamiz yangi davr ramzini izlamoqda.
Siz chizgan logotip:
— har bir chempion medali ustida porlaydi;
— terma jamoa a’zolari va havaskor sportchilar sport kiyimlarida aks etadi;
— har bir sport inshooti va farqlash belgilari talab etiladigan joylarni bezaydi;
— xalqaro arenada «Bu — biz!» degan faxrni ifodalaydi!
TALABLAR (qisqa va aniq)
— zamonaviy shakl + milliy nafas,
— tezlik, kuch va g‘alaba ruhini mujassamlashtirish,
— imkon qadar 3 rangdan oshmasin, qora fonda aniq ko‘rinsin.
MUKOFOT:
Tanlov g‘olibiga — 300$ (AQSh dollari) beriladi.
Logotip Boshqaruv kengashi tomonidan rasman tasdiqlanadi.
Muallif ismi Federatsiya saytida doimiy qoladi!
MUDDAT
Oxirgi muddat: 2025-yil 15-noyabr 23:59
Izoh: Mualliflik huquqi federatsiyaga o‘tadi.
G‘olib dekabr oyining 1-yarmida (Federatsiya saytida) e’lon qilinadi.
Chizilgan logotiplarni quyidagi manzillarga yuborishingiz mumkin:
Federatsiyaning rasmiy elektron pochta manzili:
uzb@mf.worldathletics.org
Quyidagi telefon raqamlariga o‘z logotip ishlanmangiz bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki telegram messenjeri orqali chizilgan logotiplarni yuborishingiz mumkin:
+998 (93) 261-24-24
+998 (97) 000-56-99
Ushbu tanlov bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar federatsiya sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida berib boriladi.





