O‘g‘iloy Norboyeva kumush medalni qo‘lga kiritdi!
Дата публикации: 20.11.2025
Ar-Riyod—2025 VI Islom birdamligi o‘yinlarida ayollar o‘rtasida yettikurash musobaqasida so‘nggi turda 800m yugurish bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada qatnashgan yurtdoshimiz O‘g‘iloy Norboyeva 2:25.74 natija bilan marrani to‘rtinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Oxirgi turda 731 ochko to‘plagan atlet umumiy hisobda 5488 ochko jamg‘ardi hamda birdamlik o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Yana bir kumush medal muborak bo‘lsin.
NORBOYEVA O‘g‘iloy — 5488 ochko — #2-o‘rin





