Таможенный комитет Узатлетикс
(+998 71) 241-13-65
email: FLAU@exat.uz uzb@mf.worldathletics.org
Проспект И. Каримова д.98 А
Citius, Altius, Fortius!
RU
RU UZ EN
Главная  YANGILIKLAR  Xabarlar  Federatsiyada faoliyatini davom ettirayotgan rahbar sharafiga tantanali tadbir o‘tkazildi

Federatsiyada faoliyatini davom ettirayotgan rahbar sharafiga tantanali tadbir o‘tkazildi

Federatsiyada faoliyatini davom ettirayotgan rahbar sharafiga tantanali tadbir o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasida federatsiyasi rahbariyati vakili, sport faxriysi hamda Olimpiada va jahon chempioni Andrey Xakimovich Abduvaliyev sharafiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston sporti afsonasi federatsiya tarkibida murabbiy sifatida sportchilarni nufuzli musobaqalarga tayyorlashda davom etishini maʼlum qildi. Tadbirda federatsiya raisi o‘rinbosarlari O.Choriyev va K.Usmonov so‘zga chiqib, Andrey Abduvaliyevga sportchilarimizni xalqaro maydonda qo‘lga kiritayotgan yutuqlarida katta hissasi borligini taʼkidladi va buning uchun minnadorchilik bildirdi.

Andrey Hakimovich Abduvaliyev 1966-yil 30-iyun kuni tug‘ilgan. Yengil atletikaning bosqon uloqtirish yo‘nalishi bo‘yicha Barselona—1992 Olimpiya o‘yinlari chempioni. Shuningdek, 1993-yil Shtutgart va 1995-yil Gyoteborgda o‘tgan jahon chempionatlari g‘olibi, Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari sovrindori ham sanaladi.

2018-yil O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi lavozimiga konferensiya yig‘ilishida saylandi. U 2001—2012-yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasining yengil atletika turi bo‘yicha bosh murabbiyi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2019-yil Yengil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga direktor lavozimiga shu bilan birga, mazkur yili Osiyo yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.

2021-yil davlatimiz tomonidan “Sodiq xizmatlari uchunmedali bilan taqdirlangan.

Murabbiylik faoliyati davomida tayyorlagan bir qator malakali sportchilar respublika va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqdalar.

Maktabda direktorlik faoliyati davomida ham sportchilarni qo‘llab-quvvatlagan holda nufuzli musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berishda jonbozlik ko‘rsatib kelgan. 2019-yil Qatarning Doha shahrida o‘tkazilgan Osiyo Chempionatida N.Dusanova, E.Voronina va R.Kurbanov oltin medallar, S.Radzivil va S.Xodjayev bronza medallarni qo‘lga kiritdilar. N.Sharipova, S.Erkinova, R.Xudoyarova va I.Markelov final bosqichida kuchlik o‘ntalikdan o‘rin oldilar.

Xizmat ko‘rsatgan sport ustasi unvonini qo‘lga kiritgan Andrey Abduvaliyev 2000-yilda sportchilik faoliyatini tugatgan. Bir necha yil mamlakat yengil atletika federatsiyasi raisi sifatida samarali mehnat qilgan. Hozirda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisining o‘rinbosari va Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimlarida ish olib bormoqda. Hozirgi kunda Andrey Abduvaliyev Markaziy Osiyo Assotsiatsiya Prezidenti sifatida tayinlandi. 2027-yil yakuniga qadar Osiyo Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida o‘z faoliyatini olib boradi.

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan, oliy toifali trener hisoblanadi.

Yuqoridagi natijalar A.Abduvaliyevning sport sohasidagi bilim va amaliy tajribasi naqadar yuksak ekaniga dalolat beradi. Uning tashabbuskorligi va zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan ado etishi bilan mamlakatimiz sportini rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan fidoyilardan biridir. Andrey Abduvaliyev maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda yuksak madaniyat egasi, chuqur tafakkurli va kamtarin, to‘g‘ri so‘z, mehribon va qatʼiyatli inson ekani bilan barchaning hurmati va mehrini qozondi.

Yillar davomida olib borilgan rahbarlik faoliyati uchun Andrey Abduvaliyevga minnatdorchilik bildiramiz va yurtimizda yengil atletika sportini rivojlantirish yo‘lida hamisha bir jamoa bo‘lib qolamiz, degan umiddamiz.

mening rasmim

mening rasmim
Расписание соревнований в 2025 году Чемпионат Азии по спортивной ходьбе на 20 км, Номи (Япония), 16 марта; Чемпионат Азии по марафону, Цзясин (Китай), 30 марта; 6-й чемпионат Азии U18, Даммам (Саудовская Аравия), 15-18 апреля; 26-й Чемпионат Азии, Гуми (Южная Корея), 27 мая – 31 мая; Чемпионат Азии по метаниям, Мокпо (Южная Корея), 21-22 августа.
Всемирный легкоатлетический тур в помещении: Gold 25 Jan: Astana Indoor Meet for Amin Tuyakov Prizes; 29 Jan: Belgrade Indoor Meeting; 2 Feb: New Balance Indoor Grand Prix; 4 Feb: Czech Indoor Gala; 7 Feb: INIT Indoor Meeting Karlsruhe; 8 Feb: Millrose Games; 13 Feb: Meeting Hauts-de-France Pas-de-Calais Trophee EDF; 16 Feb: Copernicus Cup; 28 Feb: World Indoor Tour Gold Madrid
Континентальный тур World Athletics Ссылка на календарь соревнований: https://worldathletics.org/competitions/world-athletics-continental-tour/calendar-results
Расписание Бриллиантовой лиги Ванды на 2025 год Сямынь, Китай-26 апреля, Шанхай/Сучжоу, Китай-3 мая, Доха, Катар-16 мая, Рабат, Марокко-25 мая, Рим, Италия-6 июня, Осло, Норвегия-12 июня, Стокгольм, Швеция-15 июня, Париж, Франция-20 июня, Юджин, США-5 июля, Монако-11 июля, Лондон, Великобритания-19 июля, Силезия, Польша-16 августа, Лозанна, Швейцари-20 августа, Брюсель, Бельгия-22 августа, Цюрих (финал), Швейцария-27-28 августа
Азиатские Юношеские Игры Мультиспортивное мероприятие, проводимое каждые четыре года среди спортсменов стран Азии. Третьи Азиатские юношеские игры пройдут с 22 по 31 октября 2025 года в Бахрейне.
Чемпионат Мира по легкой атлетике ХХ по счету Чемпионат Мира пройдет в 2025 году с 13 по 21 сентября в столице Японии Токио. Здесь в 1991 году проходил III Чемпионат мира, который запомнился соревнованиями в прыжках длину, где победил Майкл Пауэлл с мировым рекордом – 8,95, результат продолжает оставаться мировым рекордом по настоящее время.
VI Исламские Игры Солидарности Спортивная ассоциация исламской солидарности предоставила Эр-Рияду, столице Королевства Саудовская Аравия, право проведения 6-х Игр исламской солидарности в 2025 году. Соревнования пройдут с 7 по 21 ноября.
Чемпионат мира U20 среди юниоров 21-й чемпионат мира по легкой атлетике U20 пройдет с 4 по 9 августа 2026 года в Юджине (США).
Чемпионат мира по кроссу Чемпионат мира по кроссу пройдет в Таллахасси (штат Флорида, США) 10 января 2026 года.
Чемпионат мира в помещении 2026 В польском городе Куявско-Поморье в 2026 году с 20 по 22 марта пройдет чемпионат мира по легкой атлетике в помещении.
Юношеские Олимпийские Игры IV летние юношеские Олимпийские игры 2026 года пройдут в столице Сенегала городе Дакар с 31 октября по 13 ноября .
XX Летние Азиатские Игры XX Летние Азиатские игры пройдут в японских городах Айти и Нагое в 2026 году с 19 сентября по 4 октября.
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
НАШИ ПАРТНЕРЫ:
Партнер 1
Партнер 2
Партнер 3
Партнер 4
Партнер 5