Hurmatli dizaynerlar, sport muxlislari va ijodkor vatandoshlar! Federatsiyamiz yangi davr ramzini izlamoqda. Siz chizgan logotip — har bir chempion medali ustida porlaydi, terma jamoa a’zolari va havaskor sportchilar sport kiyimlarida aks etadi, har bir sport inshooti va farqlash belgilari talab etiladigan joylarni bezaydi va xalqaro arenada «Bu — biz!» degan faxrni ifodalaydi!
Xabarlar
Yengil atletika federatsiyasida Bahraynda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan yengil atletikachilarimiz bilan musobaqa oldidan uchrashuv tashkil etildi. Yig‘ilishda Federatsiya bosh kotibi Dilshod Avazov, terma jamoa murabbiylari hamda sportchilarning ota-onalari ishtirok etdi.
Bugun O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasida federatsiyasi rahbariyati vakili, sport faxriysi hamda Olimpiada va jahon chempioni Andrey Abduvaliyev sharafiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston sporti afsonasi federatsiya tarkibida murabbiy sifatida sportchilarni nufuzli musobaqalarga tayyorlashda davom etishini maʼlum qildi.





