YANGILIKLARYANGILIKLAR
YENGIL ATLETIKA YANGILIKLARI SAHIFASI
OLDINDA MUSOBAQA
XABARLAR
XALQARO YANGILIKLAR
Jahon yengil atletika tashkiloti (World Athletics) yengil atletika yo‘nalishlari bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida yilning eng yaxshi atletlarini aniqlash uchun ovoz berish jarayoniga start berdi. Oldindan belgilangan reja asosida dastlab yugurish turlari bo‘yicha (track) yilning eng tezkor atletini aniqlash uchun ovoz berish imkoniyati yaratildi.
Joriy yilning sentabr oyida Yaponiyada bo‘lib o‘tgan nufuzli musobaqada Oblik Sevill 9.77 natija bilan shohsupaning 1-o‘rinidan joy oldi. Shu tariqa Tokio-2025 musobaqasida Oblik Sevill noxush an’anaga chek qo‘yib, Yamaykaga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.
Yilning eng yorqin atletlari nomi "World Atletics Awards 2025" taqdirlash marosimida aniqlanadi. Xuddi avvalgi yilda bo‘lgani kabi erkaklar va ayollar o‘rtasida uchta alohida yo‘nalishda — yo‘lakdagi, maydondagi va stadiondan tashqarida yilning eng yaxshi atletlariga mukofot topshiriladi. Shuningdek, ayollar va erkaklar o‘rtasida umumiy Yilning eng yaxshi atleti sovrini egasi ham aniqlanadi.
Jahon yengil atletika tashkiloti 2026-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchta xalqaro musobaqa — World Athletics Yopiq inshootlardagi Jahon Chempionat-2026 Kujavi-Pomorze, World Athletics Estafeta Chempionati-2026 Gaborone va World Athletics U-20 Jahon Chempionati-2026 Oregon musobaqalari saralash tizimini e'lon qildi.
2024-yilning 27-oktabrida Ispaniyaning Valensiya shahrida bo‘lib o‘tgan Medio Maratón de Valencia Trinidad Alfonso Zurich musobaqasida efiopiyalik atlet Yomif Kejelcha tomonidan 57 daqiqa 30 soniya natija bilan o‘rnatilgan jahon rekordi rasman ratifikatsiya qilingani e'lon qilindi. Kejelcha 2021-yil 21-noyabrda Lissabonda Jeykob Kiplimo tomonidan o‘rnatilgan avvalgi jahon rekordini bir soniyaga yaxshiladi.
Jahon yengil atletika federatsiyasi (Worldathletics) prezidenti Sebastyan Kou 2030-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga yengil atletikaning kross yugurish musobaqasi ham kiritilishi ehtimoli juda yuqori ekanini ma'lum qildi.
MAQOLALAR
MAXSUS
22—31-oktabr 2025-yil






