O'zbekistonlik Yengil atletikachilarimiz 19 ta medalga ega chiqishdi
« НазадQozog'istonda yengil atletika bo'yicha bo'lib o'tgan XXXIV Gusman Qosanov xotira turnirida yurtimiz vakillari umumiy hisobda 19 ta medalni qo'lga kiritishdi.
Quyida sovrindorlar bilan tanishishingiz mumkin:
🥇 Oltin medal sovrindorlari 7 nafar:
Hasanbek Rustamjonov - 400 metr masofaga to‘siqlar osha yugurish;
Nasima Mamirova - 1500 metr masofaga yugurish;
Malika Nasriddinova - yadro uloqtirish;
Amir Nagaev - balandlikka sakrash;
Irina Levina - 800 metrga yugurish;
Sarvar Ismoilov - nayza uloqtirish
Sharifa Davronova - 3 hatlab sakrash
🥈 Kumush medal sovrindorlari 7 nafar:
Sharifa Davronova - uzunlikka sakrash;
Barnoxon Sayfullayeva - balandlikka sakrash;
Vadim Chikalov - balandlikka sakrash;
Musharrafxon Sayidahmedova - nayza uloqtirish;
Nasima Mamirova - 5000 metrga yugurish;
Hasan Mirsoatov - 5000 metrga yugurish;
Hasanbek Rustamjonov, Umidjon Nabiyev, Mohinabonu Ro'ziyeva, Nurxon Ochilova — 400 metrga aralash estafeta bahslari bo'yicha
🥉 Bronza medal sohiblari 5 nafar:
Valeria Gorbatova - balandlikka sakrashda;
Mohinabonu Ruziyeva - 400 metr masofaga yugurish;
Dilshoda Usmonova - 1500 masofaga yugurish;
Yulianna Shkuina - disk uloqtirish bo'yicha medallarni o'z hisobiga yozdirib qo'yishdi.
Asadbek Murotov - nayza uloqtirish.
Taqdirlash marosimidan suratlar
![]()
![]()





