Узбекнефтегаз Узатлетикс
(+998 71) 241-13-81
email: uzb@mf.iaaf.org
Проспект. И.Каримова д.98 А
Citius, Altius, Fortius!
Главная  Новости  Расписание соревнований

Расписание соревнований

« Назад

13.01.2019 12:57

 

 

“KELISHILGAN”

Yengil atletika bo`yicha ROSMM direktori

N.To’xtaboev

_________    2019 y.

“KELISHILGAN”

O`zbekiston Yengil atletika Federatsiyasi bosh kotibi K.Ruzamuxamedov

_________     2019 y.

“TASDIQLAYMAN”

O’zDJTSU Sport va yoshlar masalalari bo’yicha prorektori

N.G’afforov

_________     2019 y.

 

“14-YANVAR - VATAN HIMOYACHILARI KUNI” MUNOSABATI

BILAN O`ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETINING FAXRIY TALABASI S.V.NICHIPURENKO XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN YENGIL ATLETIKA

BO`YICHA OCHIQ TURNIR

 

NIZOMI

1. Maqsad va vazifalar.

- yoshlar qalbiga jasurlik, mardlik, ona-yurtga sadoqat, insoniy fazilatlarni singdirish;

- yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini keng ko`lamda targ’ib qilish;

- yoshlarni mehnat va vatan mudoofasiga tayyorlash va ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish;

- terrorchilarga qarshi kurashda halok bo`lgan mard va jasur Vatan himoyachilarini hotirlash.

2. Musobaqaning o`tkazish joyi va vaqti.

Musobaqa 2019 yilning 17 yanvar kuni soat 1030 da Chirchiq shahri, Sportchilar ko’chasi, 19 uy, O’zDJTSUning yengil atletika yopiq va ochiq maydonlarda o`tkaziladi.

3. Musobaqani o`tkazishga rahbarlikni O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati, “SKUF” sport klubi, Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi amalga oshiradi.

Musobaqa O’zDJTSU, O`zbekiston Yengil atletika Federatsiyasi hamda yengil atletika bo`yicha ROSMM hamkorligida o`tkaziladi.

4. Musobaqada ishtirok etuvchi va qatnashuvchi jamoalar.

Musobaqada oliy o`quv yurtlari talaba yoshlari, BO`SM, IBO`SM, Ixtisoslashgan olimpiya zahiralari maktab internatlari tarbiyalanuvchi yoshlari, muassasa va tashkilotlar xodimlari shaxsiy birinchilikda qatnashadilar.

5. Musobaqada ishtirok etish talabnomalarini topshirish shartlari.

Musobaqada ishtirok etish uchun jamoalar rahbariyati musobaqa mandat hay’atiga O’zDJTSU Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga belgilangan tartibda jamoa rahbariyati hamda shifokor tomonidan tasdiqlab berilgan “Talabnoma” hamda sportchining shaxsiy varaqasini taqdim etishi, shaxsiy birinchilikda ishtirok etuvchilar o`ziga tegishli hujjat, shaxsiy varaqasida shifokor ruxsati bilan mandat hay’atiga topshirishi shart.

Musobaqa hayatiga talabnoma va shaxsiy varaqalarni O’zDJTSU Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasida 2019 yil 16 yanvar kuni 10:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi.

6. Musobaqa dasturi.

Erkaklar: 60 m., 200 m., 400 m, 800 m., 3000 m, 60 m. g’ovlar osha yugurish (h=106.7), uzunlikka sakrash, balandlikka sakrash, yadro itqitish (7.260kg), disk uloqtirish (2kg), nayza uloqtirish (800gr) va bosqon

 uloqtirish (7.260kg)

Ayollar: 60 m., 200 m., 400 m, 800 m., 3000 m, 60 m. g’ovlar osha yugurish (h=84), uzunlikka sakrash, balandlikka sakrash va yadro itqitish (4 kg), disk uloqtirish (1kg), nayza uloqtirish (600gr) va bosqon

 uloqtirish (4kg)

Musobaqa dasturi 1-ilovada.

 

7. G’oliblarni aniqlash.

Har bir ishtirokchi musobaqa dasturdagi turlarning ikkitasida ishtirok etishi mumkin.

Musobaqa faqat shaxsiy birinchilik bo`yicha eng yuqori natijalariga ko`ra I, II, III o`rinlar bilan aniqlanadi.

8. Musobaqa g’oliblarini mukofotlash.

Musobaqa dasturining har bir turida I o`rinni egallagan sportchilar qimmatbaho sovg’a, medal hamda 1 darajali diplom bilan taqdirlanadilar. Turlarda II va III o`rinni egallagan sportchilar II va III darajali diplomlar va medallar bilan taqdirlanadilar.

9. Musobaqa ishtirokchilari va jamoalarni qabul qilish.

Musobaqalarni tashkil etish va o`tkazish O’zDJTSU Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o`qituvchilari zimmasiga yuklatiladi. Jamoa vakillari, murabbiylar va sportchilarning kelib ketishi harajatlari o`z hisobidan amalga oshiriladi.

Izoh: Musobaqa ishtirokchilarining ko`krak raqamlari bo`lishi shart.

 


1-ilova

MUSOBAQA DASTURI

Chorshanba 17.01.2019 y.

 

Ayollar

Erkaklar

9:30 - Balandlikka sakrash

9:30 - Balandlikka sakrash

1030 MUSOBAQANING OCHILISHI

10:45 –60 m. g’/o yugurish (h=84).

11:00 –60 m. g’/o yugurish  (h=106,7).

11:10–60 m. yugurish dastlabki bosqich

11:30 –60 m. yugurish dastlabki bosqich

11:50200 m. yugurish final

12:15200 m. yugurish final

12:45 – 800 m. yugurish final

13:00 – 800 m. yugurish final

13:15 - 60 m. yugurish final

13:25 - 60 m. yugurish final

13:30 –60 m. g’/o yugurish  final

13:40 –60 m. g’/o yugurish final

13:50 – 3000 m yugurish final

14:10 – 3000 m yugurish final

14:30 – 400m yugurish final

15:00 – 400m yugurish final

Sakrash

11:00 – Uzunlikka sakrash

12:00 – Uzunlikka sakrash

Uloqtirishlar

9:30 – Yadro itqitish (4kg).

10:30 – Yadro itqitish (7,260kg).

9:30 -  Disk uloqtirish (1kg)

10:3- Disk uloqtirish (2kg)

11:30 - Nayza uloqtirish (600gr)

12:30 - Nayza uloqtirish (800gr)

11:30 - Bosqon  uloqtirish (4kg).

12:30 - Bosqon  uloqtirish (7,260kg).

15.30 da musobaqani tantanali yopilishi.

Mandat hay’ati O’zDJTSU Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasida 2019 yilning 15 yanvar kuni soat 1000-1600 talabnomalar qabul qiladi. Mandat hay’ati jamoa rahbarlari bilan 1630 da yig’ilish o`tkazadi.

Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Sportchilar ko’chasi 19-uy, O’zDJTSU Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi.

Tel: -99890 995-37-06, 90 176 10 45

  

Musobaqa bosh hakami

1toifadagi hakam

 

Xo’jamkeldiyev G’.S.



Леонид Андреев Мастер спорта международного класса. Чемпион мира среди юниоров в 2002г. в десятиборье. Серебряный призер XVII Азиатских игр (г.Инчхон, Южная Корея-2014г.) в десятиборье
Надия Дусанова Мастер Спорта Международного Класса в прыжках в высоту. Чемпионка Азиатских Игр в помещении 2009г. и 2017г. Чемпионка Исламиады 2017г. Чемпионка Азии 2013г., 2017г. и 2019г. Бронзовый призер Континентального Кубка Мира 2010г. Серебряный призер XVI-2010г. и XVIII-2018г. и бронзовый призер XVII-2014г. Азиатских Игр.
Юлия Тарасова Мастер спорта международного класса. Рекордсменка Узбекистана в прыжках в длину-6.81. Чемпионка Межконтинентального Кубка Мира в 2010г. в прыжках в длину-6.70 Чемпионка XVI (г.Гуанчжоу, Китай - 2010г.) и бронзовый призер XVII (г.Инчхон, Южная Корея - 2014г.) Азиатских игр в семиборье
Светлана Радзивил Мастер спорта международного класса. Чемпионка Мира среди юниоров в 2006г. Чемпионка XVI (г.Гуанчжоу, Китай-2010г.), XVII (г.Инчхон, Южная Корея-2014г.) и XVIII (г.Джакарта, Индонезия-2018г.) Азиатских Игр в прыжках в высоту
Анастасия Свечникова Мастер Спорта Международного класса. Рекордсменка Узбекистана в метании копья-61.17. Чемпионка мира 2009 года среди юношей и девушек в городе Брессанонне (Италия)
Екатерина Воронина Мастер Спорта Международного Класса. Чемпионка XVII Азиатских игр (г.Инчхон, Южная Корея-2014г.), Чемпионка Азии 2019г. в г.Доха (Катар) в семиборье. Рекордсменка Узбекистана в пятиборье в помещении - 4014 и в семиборье - 6212.
Иван Зайцев Мастер Спорта Международного Класса. Бронзовый призер XVII Азиатских игр (г.Инчхон, Южная Корея-2014г.) в метании копья
Владислав Полюнин Рекордсмен Узбекистана в метании копья среди юношей в возрастной категории 16-17 лет - 79.11 (700гр.) Чемпион Азии и бронзовый призер Чемпионата Мира 2015 года среди юношей.
Сухроб Ходжаев Мастер Спорта Международного Класса. Бронзовый призер Чемпионата Мира 2012 года среди юниоров в Барселоне (Испания), бронзовый призер XVIII Азиатских Игр (г.Джакарта, Индонезия-2018г.) в метании молота.
Нигина Шарипова Мастер Спорта Международного Класса. Обладатель лучших результатов последних лет в Узбекистане в беге на 100 метров, 200 метров и 400 метров.
Анастасия Журавлева Мастер Спорта Международного Класса в тройном прыжке и прыжках в длину. Рекордсменка Узбекистана в тройном прыжке - 14.55 (в манеже-14.24). Серебряный призер XV Азиатских игр (г.Доха, Катар-2006г.). Чемпионка Азии 2013г. и 2014г.
Сафина Садуллаева Чемпионка Азии 2015 года среди юношей и девушек в прыжках в высоту. Серебряный призер Азиатских Игр в помещении в 2017 году. Победитель V Международных соревнований на призы Олимпийской Чемпионки Ольги Рыпаковой.
Руслан Курбанов Серебряный призер XVIII Азиатских Игр 2018 года в г.Джакарта (Индонезия), победитель Чемпионата Азии 2019 года в г.Доха (Катар) в тройном прыжке.
Ситора Хамидова Рекордсменка Узбекистана в беге на 10000 метров - 31:57.42 и в полумарафоне - 1:13:40
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
НАШИ ПАРТНЕРЫ:
Партнер 1
Партнер 2
Партнер 3
Партнер 4
Партнер 5